Qarzdor yuridik shaxsga nisbatan manfaatdor shaxslar quyidagilardan iborat:
qonunchilikka muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe bo'lgan yuridik shaxs;
qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;
yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi.
Ushbu Qonunda jismoniy shaxsga, shuningdek qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan manfaatdor shaxs deganda uning xotini (eri), nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan o'zidan oldingi va keyingi qarindoshlari, opa-singillari, aka-ukalari hamda ularning nasl-nasab shajarasi bo'yicha o'zidan keyingi qarindoshlari, xotinining (erining) ota-onasi, opa-singillari va aka-ukalari tushuniladi.
Sud boshqaruvchilariga, kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
21-modda. Manfaatdor shaxslar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.