Sud sug'urtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror qabul qilgan taqdirda, mazkur qaror qabul qilingan sanaga qadar qaysi sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta hodisasi yuzaga kelmasa, o'sha barcha sug'urta shartnomalari bekor qilinadi, bundan ushbu Qonunning 183-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sug'urta qildiruvchilar (naf oluvchilar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra bekor qilingan sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urtalovchiga to'langan sug'urta mukofotining sug'urta shartnomasining amal qilish muddati va mazkur shartnoma bekor qilingan muddat o'rtasidagi farqqa mutanosib ravishdagi qismini, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, qaytarishi shart.
Sug'urta qildiruvchilar (naf oluvchilar) sud sug'urtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror qabul qilguniga qadar sug'urta hodisasi yuzaga kelgan sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) to'lanishini tugatish boshqaruvchisidan talab qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
184-modda. Sug'urtalovchi to'lovga qobiliyatsiz bo'lgan taqdirda sug'urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talab qilish huquqi
(184-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.