«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

122-modda. Tashqi boshqaruv rejasi

Tashqi boshqaruvchi sud tomonidan tayinlangan paytdan e'tiboran bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yig'ilishiga taqdim etishi kerak. Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish chog'ida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi. Kreditorlar yig'ilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash haqidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko'pchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo'lgan va tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo'lgan kafolatli tovonga teng tovon olishga haqlidir. Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to'g'risidagi qarorni qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chog'ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozlari to'planmasa, sudga qarzdorni bankrot deb topish va tugatish to'g'risida ish yuritishni boshlash to'g'risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi. Kreditorlar yig'ilishining tashqi boshqaruv rejasiga o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhning ko'pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilinadi. Tashqi boshqaruv rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari; qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash muddati. Qarzdorning to'lov qobiliyati ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo'lmagan va (yoki) kreditorlar tomonidan bildirilgan talablardan voz kechilgan taqdirda tiklangan deb e'tirof etiladi. Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorlar o'z huquqlarini himoya qilish maqsadida quyidagilarni tekshirish uchun ekspertlarni jalb etishi mumkin: tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo'lmagan kreditor qarzdor tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo'lgan kafolatli to'lovga teng tovon olish huquqiga ega bo'lishini; tashqi boshqaruv rejasining muvaffaqiyatli bajarilish imkoniyati mavjudligini; qarzdorning mol-mulki bilan ta'minlangan kreditorlarning boshqa kreditorlarga nisbatan ustunlik huquqini. Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdor talabini kamaytirish yoki hisobdan chiqarish nazarda tutilgan bo'lsa, bu ushbu Qonunning 100-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig'ilishining yoki kreditorlar qo'mitasining talabiga binoan tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayoni haqida kreditorlar oldida hisobot beradi. Tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning xo'jalik faoliyati tugatilishiga olib kelmasligi kerak, bundan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlarini qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha majburiyatni bajarish vazifasi qarzdorning mol-mulkini sotib oluvchiga o'tadigan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI Tashqi boshqaruv rejasi — bankrot bo'lgan shaxsning to'lovga qobiliyatini qayta tiklash uchun tuzilgan reja. Unda qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi, qancha vaqt ketadi va qancha pul sarflanadi, hamda qarzdor qanday shartlarda qayta faoliyat boshlay oladi, barchasi yozib qo'yiladi. KIMGA TEGISHLI Bu reja kreditorlar (pul berganlar) yig'ilishida tasdiqlangan bo'lsa, u bankrot shaxsga va uning kreditorlariga tegishli. AMALDA Agar do'konchi 500 million so'mni qaytara olmasa, sud tashqi boshqaruvchi tayinlaydi. U bir oyda do'konchining savdosini qayta tiklash rejasini yozadi: 3 oyda qarz qaytarish, do'konni yangi joyga ko'chirish, xodimlarni qaytarish. Kreditorlar bu rejani ovoz berish orqali tasdiqlaydi yoki rad etadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.