«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

114-modda. Tashqi boshqaruvchining huquqlari

(114-модда иккинчи қисмининг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 16 январдаги ЎРҚ-896-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2024 й., 03/24/896/0037-сон)

Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari vakolatlarini amalga oshiradi. Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli: kreditorlarning yig'ilishini hamda kreditorlar qo'mitasini chaqirishga; ushbu Qonunning 118-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etishga; qarzdor nomidan kelishuv bitimi tuzishga; ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq haq olishga; agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, o'z vazifalarini amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablag'laridan haq to'lagan holda shartnoma asosida ishga jalb qilishga; o'z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to'g'risida sudga ariza berishga; ushbu Qonunning 63 — 65-moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqida sudga ariza berishga; qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklaridan, moliya tashkilotlaridan qarz olishga, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslardan moliyaviy yordam olishga; qarzdorga taalluqli bo'lgan axborotni va hujjatlarni qarzdorning rahbaridan, ta'sischilaridan va (yoki) davlat organlaridan so'rab olishga; o'z huquq va majburiyatlarining amalga oshirilishini ta'minlash uchun davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatiladigan xizmatlardan oldindan to'lovlarni amalga oshirmasdan foydalanish; qarzdorning shartnomalarini bajarish ushbu Qonunning 119-moddasida belgilangan tartibda rad etilishini ma'lum qilishga. Tashqi boshqaruvchi o'z huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirayotganda qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo'ladigan shaxslarga nisbatan ular qarzdorni to'lovga qobiliyatsizlikka olib borganligi munosabati bilan talablar qo'yishga haqlidir. Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.