Mandatory vehicle inspection procedure (Cabinet Resolution No. 125, 2021)

5-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 5-band

Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko'rikdan o'tkazilishi kerak: a) tijorat asosida yo'lovchilar tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o'rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo'lgan (haydovchining o'rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, maxsus hamda yirik gabaritli, og'ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta; b) ishlab chiqarilganiga olti yildan ko'p bo'lmagan, yuridik shaxslarga tegishli barcha toifadagi hamda jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan M2, M3, N va O toifadagi transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o'n bir yildan o'n to'rt yilgacha (o'n to'rtinchi yili ham) bo'lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta; v) ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq bo'lgan, yuridik shaxslarga tegishli barcha toifadagi hamda jismoniy shaxslarga tegishli M2, M3, N va O toifadagi transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o'n besh yil va undan ortiq bo'lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta; g) tirkamalar texnik ko'rikdan transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda; d) STG-3 turdagi gaz ballonlari o'rnatilgan transport vositalari (mazkur bandning «a», «b», «v» kichik bandlarida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — uch yilda bir marta. Ishlab chiqarilganiga o'n yilgacha (o'ninchi yili ham) bo'lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari) texnik ko'rikdan ixtiyoriy ravishda o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.