«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

60-modda. Xorijiy davlatda olingan ta'lim to'g'risidagi hujjatni tan olish

(60-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/957/0689-сон)

Xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta'lim to'g'risidagi hujjat tan olish jarayonidan o'tkazilganidan keyin O'zbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi. Xorijiy davlatda olingan ta'lim to'g'risidagi hujjatni tan olish tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladi. Xorijiy davlatda olingan ta'lim to'g'risidagi hujjatni tan olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.