«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

59-modda. Ta'lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o'tkazish

(59-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/957/0689-сон)

Ta'lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o'tkazilishidan oldin ular ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiya mezonlari va ko'rsatkichlari asosida o'z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o'tkazadi. Ta'lim tashkilotlari o'z faoliyati tashqi baholashdan o'tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash natijalarini ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi. Ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi ta'lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o'rganadi va ulardan ta'lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi. Ta'lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.