«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

55-modda. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalarni (shaxslarni) o'qitish hamda tarbiyalash

(55-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)

Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va qo'shimcha ta'lim olishini ta'minlaydi. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarni o'qitish hamda tarbiyalash uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Ta'lim oluvchilarni ushbu ta'lim muassasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi. Davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilar davlat ta'minotida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.