Ta'lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ta'lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi belgilanadi, haq to'lanadigan har yilgi uzaytirilgan ta'til va boshqa imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi.
Ta'lim tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlariga sanitariya-gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan sog'liqni saqlash kafolatlanadi.
Ta'lim tashkilotlari mehnatga haq to'lash uchun mavjud bo'lgan mablag'lar doirasida mustaqil ravishda ish haqiga, lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan ustamalar belgilashga va mehnatga haq to'lash hamda uni rag'batlantirishning turli shakllarini qo'llashga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Ta'lim to'g'risida»gi qonun
53-modda. Ta'lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.