«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

48-modda. Ta'lim oluvchilarning majburiyatlari

(48-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ta'lim oluvchilar: o'quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishi, mashg'ulotlarga qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko'rishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi; ta'lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo'ravonlik ishlatmasligi va ularning o'z majburiyatlarini bajarishiga to'sqinlik qilmasligi; ustav (ta'sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga va ta'lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etishi; axloqiy, ma'naviy va jismoniy kamol topishga hamda o'z dunyoqarashini kengaytirishga intilishi; ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini hurmat qilishi; ta'lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart. Ta'lim oluvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.