«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

34-modda. Davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari

(34-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)

Davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional hamda oliy ta'lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim talablari: qo'shimcha ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini; ta'lim tuzilmasini va ta'limni amalga oshirish shartlarini; ta'lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to'g'risidagi normalarni belgilaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti qo'llaniladi. Davlat ta'lim standartlarini va (yoki) davlat ta'lim talablarini bajarish barcha ta'lim tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. O'rta maxsus, professional, oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi hamda faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan nodavlat ta'lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada ko'rsatilgan ta'lim dasturlari asosida ta'lim faoliyatini amalga oshirishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, oliy ta'lim, o'rta maxsus ta'lim hamda professional ta'limning o'quv rejalari va o'quv dasturlari ishlab chiqilishini ta'minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tayanch davlat oliy ta'lim va professional ta'lim tashkilotlarini belgilaydi. Tayanch davlat oliy ta'lim va professional ta'lim muassasalari kadrlarning talabgorlari ishtirokida davlat ta'lim standartlarini, malaka talablarini, o'quv rejalari va o'quv dasturlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat ta'lim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari ishlab chiqilishini ta'minlaydi. Oliy, professional, o'rta maxsus va umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, o'quv rejalari va o'quv dasturlari tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Tegishli vakolatlar berilgan boshqa vazirliklar va idoralar davlat ta'lim standartlarini tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi. Davlat ta'lim talablari ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan shaxslarni o'qitish maxsus o'quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy ta'lim tashkilotlariga mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o'quv dasturlari, malaka talablari hamda o'quv rejalari asosida ta'lim xizmatlari ko'rsatish bo'yicha vakolatlarni berishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.