«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

30-modda. Ta'lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish

(30-модда олтинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)

Davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi. Iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning oliy ma'lumotli malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini, shuningdek aholining oliy ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining filiallari (markazlari, ta'lim kampuslari) va boshqa bo'linmalari tashkil etilishi mumkin. Xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining bo'linmalari O'zbekiston Respublikasida yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi. Xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning ta'lim muassasalari filiallari (markazlari, ta'lim kampuslari) va boshqa bo'linmalari faoliyatini tashkil etish masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha davlat ta'lim tashkilotlari: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar shaklida; tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta'lim tashkilotlarining fakultetlari va kurslari shaklida tashkil etiladi. Davlat umumiy o'rta va qo'shimcha ta'lim muassasalari: respublika bo'ysunuvida vazirliklar va idoralar tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'ysunuvida tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda; tumanlar va shaharlar bo'ysunuvida tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda tashkil etiladi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshiriladi. Ta'lim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ta'lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to'g'risidagi ma'lumotlar davlat statistika organlariga, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.