Qo'shimcha ta'lim bolalar va katta yoshdagilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirishga hamda kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga, intellektual va jismoniy takomillashuvga bo'lgan individual ehtiyojlarini qanoatlantirishga, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga, sog'lig'ini mustahkamlashga va bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgan bo'lib, u quyidagi turlarni o'z ichiga oladi:
bolalar uchun qo'shimcha ta'limni;
katta yoshdagilar uchun qo'shimcha ta'limni.
Bolalar uchun qo'shimcha ta'lim uzluksiz ta'lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste'dodi va qobiliyatini rivojlantirish, ma'naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda bolalar uchun qo'shimcha ta'lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Bolalar uchun qo'shimcha ta'lim tashkilotlari jumlasiga bolalar va o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, «Barkamol avlod» bolalar maktablari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san'at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog'lomlashtirish muassasalari kiradi.
Katta yoshdagilar uchun qo'shimcha ta'lim ularning ta'limga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, qo'shimcha bilim va ko'nikmalarni egallashiga ko'maklashish uchun tashkil etiladi.
Qo'shimcha ta'lim berish tartibi ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ta'lim to'g'risida»gi qonun
14-modda. Qo'shimcha ta'lim
(14-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.