Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari quyidagilarga haqli:
qonun hujjatlariga muvofiq o'ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va o'z mahsulotining (ishlari, xizmatlarining) iste'molchilarini tanlash;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o'z ixtiyoriga ko'ra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari bundan mustasno;
o'z mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon'yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo'yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yo'li bilan;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
8-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.