«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag'batlantirilishi

(43-модданинг биринчи қисми олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 31 декабрдаги ЎРҚ-197-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 52-сон, 513-модда)

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag'batlantirish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi: tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarni), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; eksport-import operatsiyalari, xalqaro ko'rgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko'rish; tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta'minlash; zooveterinariya xizmati ko'rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish; soliqlar, boshqa majburiy to'lovlar va tariflar bo'yicha imtiyozlar belgilash. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag'batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.