«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

27-modda. Tadbirkorlik sub'yektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari, mulk shakli va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yo'l qo'yilmaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining xom ashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.