«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o'z xususiyatiga ko'ra tadbirkorlikdan iborat bo'lgan qismiga tatbiq etiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bog'liq munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.