Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati sub'yektiga kredit berilayotganda bank muassasalari, boshqa kredit yoki sug'urta tashkilotlari kafil bo'lishlari mumkin. To'lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo'lishlari mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati sub'yekti kredit shartnomalari bo'yicha majburiyatlarni ta'minlash tariqasida o'z mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek o'zi olgan kreditni to'lay olmaslik xavfi sug'urtasi to'g'risidagi sug'urta polisidan foydalanishi mumkin.
Tadbirkorlik sub'yektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.
Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini sug'urta qilish sug'urta tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
15-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini kreditlash va sug'urta qilish
(16-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 28 декабрдаги ЎРҚ-138-сонли Қонуни билан ўз кучини йўқотган — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 52-сон, 533-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.