Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati sub'yekti tariqasida davlat ro'yxatidan o'tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo'shimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati sub'yekti tariqasida davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etganlik, shuningdek ro'yxatdan o'tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga ro'yxatdan o'tkazishni rad etganlik yoki ro'yxatdan o'tkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o'rnini qoplaydilar va ma'naviy zarar uchun tovon to'laydilar.
lex.uz’dagi asl matn«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish
(11-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2004 йил 30 апрелдаги 621-II-сон Қонуни таҳририда — Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 25-сон, 287-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.