Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan sug'orish uslublari va texnologiyalarini qo'llash ko'lamini yanada kengaytirish, suv resurslaridan foydalanish unumdorligi va samaradorligini oshirish maqsadida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari davlat tomonidan tartibga solishning quyidagi choralarini qo'llaydi:
suvni tejaydigan sug'orish uslublari va texnologiyalarini joriy etadigan qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish;
sug'orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlari, shuningdek nasos stantsiyalari yoki nasoslar yordamida sug'oriladigan ekin maydonlarida suvni tejaydigan sug'orish uslublari va texnologiyalarini keng joriy etish;
suvni tejaydigan sug'orish uslublari va texnologiyalari bo'yicha tadqiqotlar, ishlanmalarni rag'batlantirish, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi hududlarining tuproq-iqlim sharoitlari hamda avval o'tkazilgan sinovlar tajribasi, shuningdek yangi yuqori samarali tizimlarni yaratish ishlari hisobga olingan holda rag'batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
suvni tejashning mavjud usullari, shu jumladan yer ustidan sug'orishning yuqori samarali uslublari va texnologiyalari to'g'risidagi xabardorlikni oshirish;
suvni tejaydigan sug'orish uslublari va texnologiyalarini loyihalashtirish, joriy etish va qo'llash bo'yicha uslubiy tavsiyalarni, shu jumladan sug'oriladigan maydonlarning, qishloq xo'jaligi ekinlarining va ular navlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ulardan samarali foydalanishni baholash mezonlarini ishlab chiqish;
suvni tejaydigan sug'orish uslublari va texnologiyalarini joriy etish hamda ulardan foydalanish bo'yicha mutaxassislar tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etish;
qishloq xo'jaligi ekin maydonlarini rejalashtirish texnologiyasi qo'llanilishini avtomatlashtirilgan lazerli tekislagichlardan, shuningdek zamonaviy egiluvchan quvurlar yordamida sug'orishning yer osti yopiq tizimidan foydalangan holda kengaytirish;
sanoatda hamda xo'jalik-maishiy suv ta'minotida suv aylanishining ilmiy asoslangan normalarini ishlab chiqish va joriy etish;
suv resurslarining unumdorligini monitoring qilish va maqsadli yaxshilash uchun masofadan zondlash tizimlaridan foydalanish;
suv aylanishini va boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni, shuningdek dalada suvning yo'qotilishiga yoki undan oqilona foydalanmaslikka qarshi kurashishga qaratilgan texnologiyalarni joriy etish.
lex.uz’dagi asl matn95-modda. Suvni tejaydigan sug'orish uslublari va texnologiyalarini qo'llashni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.