Water Code

83-modda. Suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining huquq va majburiyatlari

Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari quyidagi huquqlarga ega: uyushma a'zolarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish; xizmat ko'rsatuvchi suv yetkazib beruvchi tashkilotdan suvdan foydalanuvchilar o'rtasida suvning adolatli ravishda taqsimlanishi va berilishini talab qilish; sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini hamda boshqa suv xo'jaligi ob'yektlarini ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish rejalarini ishlab chiqishda, bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash tadbirlari rejalarini ishlab chiqishda takliflar bilan ishtirok etish; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish, ularning qarorlarini tayyorlashda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etish; uyushmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ittifoqlarga a'zo bo'lib kirish. Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi qonunchilikka va suvdan foydalanuvchilar uyushmasining ustavlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi: suv to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; suvdan foydalanuvchilar uyushmasining mol-mulkidan va mablag'laridan foydalanilishi to'g'risidagi axborotning o'z a'zolari uchun ochiqligini va undan foydalanishini ta'minlashi; ro'yxatga oluvchi organga, soliq organlariga va davlat statistika organlariga belgilangan tartibda o'z faoliyati to'g'risida hisobotlar taqdim etishi shart. Suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining zimmasida qonunchilikka va suvdan foydalanuvchilar uyushmasining ustavlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.