Water Code

77-modda. Baliqchilik xo'jaligi suv havzalaridan yoki baliq ovlash uchastkalaridan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyatlari

Baliqchilik xo'jaligi suv havzalari yoki baliq ovlash uchastkalari o'ziga foydalanish uchun berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ushbu Kodeksning 75-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, belgilangan tartibda: baliq zaxiralarining urchib ko'payishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlashi; baliqchilik xo'jaligi suv havzalarida yoki baliq ovlash uchastkalarida irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini va boshqa inshootlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, tiklash ishlarini amalga oshirishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi; zarur melioratsiya ishlarini olib borishi hamda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar joylashgan joylardagi sohil bo'yi uchastkalarini lozim darajada sanitariya holatida saqlashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.