Water Code

72-modda. Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari

Suvdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: suv ob'yektlaridan ular qanday maqsadda berilgan bo'lsa, o'sha maqsadlarda foydalanish; suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda inshootlarni, qurilmalarni hamda boshqa ob'yektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish; berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish; suv resurslarini boshqarishga doir qarorlar qabul qilinishida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etish; suv manbasining taxmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini o'zgartirish bo'yicha takliflar kiritish; o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlariga va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqi buzilganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish; suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini va boshqa birlashmalarni qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish. Suvdan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.