Water Code

69-modda. Suv olish limitlarini tasdiqlash

Suv olish limitlari: O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining buyrug'i bilan Gidrometeorologiya xizmati agentligining prognozi asosida; Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining buyruqlari bilan; xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tuman qishloq xo'jaligi bo'limi (Quvasoy shahri bo'limi) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suv olish limitini belgilash uchun suvdan foydalanuvchilar vegetatsiya va kuz-qish davrlari boshlanguniga qadar bir oy oldin, sug'oriladigan dehqonchilikdan tashqari boshqa ehtiyojlar uchun esa — har yili 1 sentyabrga qadar — ularga xizmat ko'rsatadigan suv yetkazib beruvchi tashkilotlarga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomalar (tabiiy suv manbalaridan suv olinganda); belgilangan tartibda tasdiqlangan suv yetkazib berish jadvallari (bundan suv quvurlari — ichimlik va xo'jalik-maishiy suv ta'minoti tizimining suvidan foydalanuvchilar mustasno). Suv olish limitlari suv olishning ruxsat etilgan suv manbalari (daryo, soy, buloq, suv havzasi, irrigatsiya tizimi, magistral kanal (tizim), sug'orish va kollektor tarmog'i, yer osti suvlari va boshqa suv manbalari) bo'yicha umumiy hajmini aks ettirishi hamda har o'n kunda aniq suv olish joylari bo'yicha taqsimlangan bo'lishi kerak. Suv olish limitlarini belgilashda iqtisodiyot tarmog'ining ustuvorligiga hamda barcha suvdan foydalanuvchilarning alohida suv manbalari va irrigatsiya tizimlari bo'yicha kutilayotgan suvlilik hisobga olingan holda, suv bilan teng barobarda ta'minlanishiga rioya etilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.