Water Code

65-modda. Faoliyat yuritayotgan suvdan foydalanuvchilarning manfaatlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan suv olish kvotalarini ajratish tartibi

Muayyan gidrologik zonada keyingi o'n gidrologik yil davomida amalda olingan suvning o'rtacha yillik hajmidan besh va undan ortiq foiz ko'p miqdorda kvota ajratish to'g'risidagi talabnoma faoliyat yuritayotgan suvdan foydalanuvchilarning manfaatlariga jiddiy ta'sir ko'rsatuvchi talabnoma deb e'tirof etiladi. Suvdan foydalanuvchilar uchun talab etiladigan qo'shimcha suv miqdori tegishli suv kengashlarining qaroriga muvofiq ajratiladi. Ichimlik suvi ta'minoti uchun suv olish kvotasi ajratilishini rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Suvdan foydalanuvchilar o'ziga tegishli bo'lgan suv olish kvotasining bir qismini shartnoma asosida ayni shu gidrografik zonadagi boshqa suvdan foydalanuvchiga, ularga xizmat ko'rsatuvchi suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan kelishilgan holda sotishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.