Water Code

61-modda. Suv olish kvotasi

Suv olish kvotalari manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha quyidagilar tomonidan ajratiladi: O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligiga va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga; Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan suv yetkazib beruvchi tashkilotlarga; xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari — suvdan foydalanuvchilarga. Suvdan maxsus foydalanish uchun tabiiy suv havzalaridan suv olish kvotalari ushbu Kodeksning 56-moddasiga muvofiq vakolatli organlar ruxsatnomalarida belgilanadi. Ajratilgan suv olish kvotasi uning amal qilish muddati davomida qayta ko'rib chiqilmaydi, bundan iste'mol qilinadigan suvning hajmiga ta'sir ko'rsatadigan sug'oriladigan uchastka maydoni, ishlab chiqarish quvvatlari o'zgartirilgan hollar mustasno. Suv olish kvotalarini ajratishda sanitariya va ekologik maqsadlar uchun suvni chiqarib yuborish talablari hisobga olinadi. Ichimlik suvi ta'minoti tashkilotlariga ular tomonidan me'yoriy ehtiyojlar va kelajakda aholining o'sishi prognozlaridan kelib chiqqan holda, ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun suv olish kvotasi ajratiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.