Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ekologik tizimlarni suv bilan barqaror ta'minlashga erishish hamda uni saqlab turish;
iqlim o'zgarishini hisobga olgan holda suvlarni oqilona boshqarish va ulardan foydalanish hamda tejash;
suvlarni bulg'alanish, ifloslanish va kamayib ketishdan muhofaza qilish;
suvlarning zararli ta'sirining oldini olish va uni bartaraf etish;
suv ob'yektlarining holatini yaxshilash;
suvga doir munosabatlar sohasida iqtisodiy mexanizmlarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning suvga doir munosabatlar sohasidagi huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
suv masalalari bo'yicha davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish.
lex.uz’dagi asl matn2-modda. Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.