Water Code

164-modda. Suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar

Qishloq xo'jaligi, baliq xo'jaligi, sanoat, energetika va xo'jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi yuridik shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan quyidagi miqdorlarda jarima tarzidagi moliyaviy sanktsiyalar qo'llaniladi: suvdan foydalanuvchilar belgilangan limitdan ortiq olgan har ming kub metr suv uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida; suvdan foydalanuvchilar suv olish shartnomalari tuzilmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida; suvdan foydalanuvchilar suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida; suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suvdan foydalanuvchilar suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomasiz olgan har ming kub metr suv uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 40 foizi miqdorida; suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suvdan foydalanuvchilar o'zboshimchalik bilan olgan har ming kub metr suv uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida. Suv olish tartibining buzilishi moliyaviy sanktsiyalar qo'llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilganda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanktsiyalar besh baravar miqdorda qo'llaniladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanktsiyalar sud tartibida qo'llaniladi, bundan yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy sanktsiyalar summasi bir oylik muddatda ixtiyoriy ravishda to'langan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.