Suv xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
suv xo'jaligi tizimining davlat tashkilotlarini moliyalashtirish;
yangi suv xo'jaligi inshootlari va tizimlarini qurish hamda mavjudlarini rekonstruktsiya qilish uchun moliyaviy resurslarni, shu jumladan davlat kafolati ostidagi qarzlar va investitsiyalarni jalb qilish;
transchegaraviy, respublika, viloyatlararo, tumanlararo va xo'jaliklararo ahamiyatga ega bo'lgan suv ob'yektlaridan, suv xo'jaligi inshootlaridan va tizimlaridan foydalanish bo'yicha tadbirlarni O'zbekiston Respublikasining byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtirish;
suvdan foydalanuvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar hamda boshqa preferentsiyalar berish;
suv xo'jaligi tizimini qo'llab-quvvatlashga doir boshqa chora-tadbirlarni qonunchilikka muvofiq amalga oshirish.
Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi investitsiya siyosati qaytarib berish sharti bilan markazlashgan kreditlar hisobiga suv xo'jaligini rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga, suv xo'jaligi organlarining shaxsiy mablag'lari tarmoqni rivojlantirish uchun joylashtirilishini rag'batlantirishga hamda investitsiyalarga yo'naltiriladigan mablag'larning sarflanishini nazorat qilishga asoslanadi.
lex.uz’dagi asl matn156-modda. Suv xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.