Suv omborlarining va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalari ularning butun perimetri bo'yicha belgilanadi va ularning doirasida sohil bo'yi mintaqalari ajratiladi.
Suv omborlarining va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
sohillarning 50 yil ichida yuvilishi (o'pirilishi) prognoz qilinadigan zonalari (yangi qurilish cheklangan zona);
pastliklarni, jarliklarni, soyliklarni, sohil bo'yi qiyaliklarini va qiyaligi 5 gradusdan yuqori bo'lgan, nuragan yerlarni o'z ichiga oluvchi eroziya jihatdan faol zonalar, suv omborlariga va boshqa suv havzalariga bevosita tutashadigan siljuvchi yer uchastkalari;
suv omborlarining va boshqa suv havzalarining suv sathi eng yuqori darajaga ko'tarilganda vaqtincha suv bosadigan zonalar;
doimiy suv bosadigan zonalar;
suv omborlarining va boshqa suv havzalarining sohillaridagi ihota daraxtzorlari.
Suvni muhofaza qilish zonasining chegaralari joyning o'ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda belgilanadi hamda tabiiy va sun'iy chegaralar va yuqoridagi hududlardan tartibsiz oqib tushadigan yer usti suvlarini qisman ushlab qoluvchi va qayta taqsimlovchi to'siqlar, daryo vodiylari chetlari, soyliklar, yo'l-transport tarmog'i va boshqa muhandislik inshootlari bilan birlashadi.
Suv omborlari sig'imlari suvni muhofaza qilish zonasining ichki chegarasi suv normal ko'tarilganda uning sathi chizig'idan, boshqa suv havzalariniki esa suvning o'rtacha ko'p yillik sathi chizig'idan belgilanadi. Suv sathining chizig'i deganda suv yuzasining suv ob'yekti o'zani (qirg'og'i) bilan tutashgan chiziq tushuniladi.
Suv omborlari to'g'onlarining, suv olish va suv chiqarish hamda boshqa inshootlarning suvni muhofaza qilish zonasi hamda sohil bo'yi mintaqasining ichki chegarasi ularning chekka konturlaridan (chegaralaridan) belgilanadi.
Suv ob'yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo'yi mintaqalari kengligi ushbu Kodeksning 126-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Suv omborlarining va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalarini hamda sohil bo'yi mintaqalarini belgilashga doir loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy sharoitlar to'liq o'rganilganligi hisobga olingan holda suvni muhofaza qilish zonalari hamda sohil bo'yi mintaqalari kengligining yuqori chegarasi aniqlashtirilishi mumkin. Bunda suvni muhofaza qilish zonalari hamda sohil bo'yi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn127-modda. Suv omborlarining va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalari hamda sohil bo'yi mintaqalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.