Water Code

122-modda. Sanitariya va ekologik maqsadlarda suv chiqarish

Sanitariya va ekologik maqsadlarda suv chiqarish suv sifatining normativlariga rioya etilishini, suvdan foydalanishning qulay sharoitlarini, shuningdek suvdan raqobatli foydalanishda hamda suv oqimini boshqarishda suvli-botqoq yerlarning, ko'llar va sohil bo'yi zonalarining ekologik tizimlari saqlanishini ta'minlaydi. Sanitariya va ekologik maqsadlarda suv chiqarish yilning suvliligiga qarab, suv xo'jaligi balanslari hamda suvdan foydalanish rejalari doirasida belgilanadi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari sanitariya va ekologik maqsadlarda suv chiqarishning ko'rsatkichlari hamda rejimini belgilash uslubiyatini ishlab chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.