Water Code

117-modda. Suvni va suv ob'yektlarini bulg'atish hamda ifloslantirishdan muhofaza qilish

Yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: suv ob'yektlariga ishlab chiqarish, maishiy va boshqa turdagi tozalanmagan oqova suvlar, chiqitlar hamda chiqindilarni tashlash; moylarning, yog'ochning, kimyoviy, neft mahsulotlarining hamda boshqa mahsulotlarning to'kilib-sochilishi natijasida suvni va suv ob'yektlarini bulg'atish va ifloslantirish; suv to'planadigan joylarning, muz qoplamasining, suv havzalarining yuzasini sanoatdagi tashlandiq narsalar, maishiy va boshqa chiqitlar, chiqindi hamda tashlandiq chiqitlar, shuningdek yuvilib ketishi yer usti va yer osti suvlarining sifati yomonlashishiga olib keladigan neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulg'atish hamda ifloslantirish; suvlarni o'g'itlar, zaharli kimyoviy moddalar va boshqa zararli moddalar bilan bulg'atish; suv ob'yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari rejimini buzish. Oqova suvlarni va kollektor-drenaj suvlarini suv ob'yektlariga oqizishga faqat ushbu Kodeksning 110 va 111-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.