Water Code

113-modda. Daryolar va soylar o'zanlarini tozalash hamda ularning qirg'oqlarini mustahkamlash

Daryolar va soylar o'zanlarini tozalash hamda ularning qirg'oqlarini mustahkamlash ishlari toshqin suvlarini va sel oqimlarini xavfsiz o'tkazib yuborish, transport infratuzilmasi ob'yektlarining hamda suv xo'jaligi ob'yektlarining xavfsiz ishlashini ta'minlash, shuningdek suv ob'yektlarining ekologik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi. Daryolar va soylar o'zanlarini tozalash hamda ularning qirg'oqlarini mustahkamlash ishlari, shuningdek toshqin suvlari va sel oqimlari xavfsiz o'tkazib yuborilishini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Daryolar va soylar o'zanlarini tozalash hamda ularning qirg'oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazilishi lozim. Daryolar va soylar o'zanlarini tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag'al materiallaridan, birinchi navbatda, qirg'oqlarni mustahkamlash uchun foydalaniladi. Daryolar va soylar o'zanlarini tozalash jarayonida qazib olingan hamda qirg'oqlarni mustahkamlash uchun foydalanilmagan qum-shag'al materiallari belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi (sotilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.