Water Code

108-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv ob'yektlaridan foydalanish tartibi va ularni muhofaza qilish choralari

Davlat qo'riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo'riqxonalarining, tabiat bog'larining hamda davlat biosfera rezervatlarining, asosan suvda suzuvchi qushlar yashaydigan joy sifatida xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan suvli-botqoq yerlarning va muhofaza etiladigan boshqa tabiiy hududlarning suv ob'yektlaridan ularning rejimiga muvofiq baliq ovlash, ov qilish, suv o'simliklari va organizmlarini yig'ish uchun foydalanish, shuningdek ushbu suvlarning tabiiy holatini buzadigan boshqa harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Davlat qo'riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo'riqxonalarining, tabiat bog'larining, davlat biosfera rezervatlarining suv ob'yektlariga oqova suvlarni oqizish taqiqlanadi. Muhofaza etiladigan boshqa tabiiy hududlarning suv ob'yektlariga oqova suvlarni oqizishga, shuningdek irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishga ushbu Kodeksda belgilangan talablarga rioya etilgan holda ularning rejimiga muvofiq yo'l qo'yiladi. Ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog'lomlashtirish ahamiyatiga ega bo'lgan suv ob'yektlari yoki ularning ayrim uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar deb e'lon qilinadi va xo'jalik maqsadida foydalanishdan chiqariladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suvlaridan va suv ob'yektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish rejimini o'rnatish qonunchilikda belgilanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning suv ob'yektlarini olib qo'yishga zarur bo'lgan alohida hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va vakolatli organlar tomonidan yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.