Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar sug'urta hodisalarining ro'y berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) miqdorlarini sug'urtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur bo'lgan tegishli axborotni hamda hujjatlarni sug'urtalovchilarning va adjasterlarning so'roviga ko'ra taqdim etishi shart.
Vakolatli davlat organi sug'urta bozorining professional ishtirokchilaridan qabul qilingan pul mablag'lari va majburiyatlarning miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni o'z vakolati doirasida talab qilishga haqli. Bunday axborotni so'rash so'rov sabablari ko'rsatilgan holda yozma tarzda amalga oshirilishi kerak.
Vakolatli davlat organi o'z vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan so'rab oladi hamda o'zi olgan axborotga nisbatan maxfiylikka rioya etishi shart, bundan qonunga muvofiq axborotning oshkor qilinishiga yo'l qo'yiladigan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
61-modda. Axborot olish huquqi
(61-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.