Sug'urta quyidagi sohalarga bo'linadi:
hayotni sug'urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog'lig'i, mehnat qobiliyati va pul ta'minoti bilan bog'liq manfaatlarini sug'urta qilish, bunda shartnoma bo'yicha sug'urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug'urta summalarining sug'urta shartnomasida ko'rsatib o'tilgan oshirilgan foizni o'z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to'lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
umumiy sug'urta (shaxsiy, mulkiy sug'urta, javobgarlikni sug'urta qilish hamda hayotni sug'urta qilish sohasiga taalluqli bo'lmagan boshqa sug'urta turlari).
Sug'urta tavakkalchiliklarining yoki ular guruhlarining va ular bilan bog'liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug'urta sohalari sug'urta turlariga (klasslariga) bo'linadi. Sug'urta turlari (klasslari) qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
6-modda. Sug'urta sohalari va turlari (klasslari)
(6-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.