«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

51-modda. Ichki nazoratga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar

Sug'urta (qayta sug'urta) tashkilotlari vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan ichki nazoratga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarga rioya etishi shart. Vakolatli davlat organining talablari sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turining tizimli ahamiyatini, o'ziga xos xususiyatini, ko'lami va murakkabligini inobatga oladi. Vakolatli davlat organining ichki nazoratga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablari jumlasiga quyidagilar kiradi: prudentsial talablar uchun moliyaviy, nazoratga oid hisobotlarning va boshqa hisobotlarning to'liqligini, ishonchliligini hamda o'z vaqtida topshirilishini ta'minlash; muhim ahamiyatga molik tavakkalchiliklarni aniqlash va boshqarish, stress-testdan o'tkazish bo'yicha tasdiqlangan siyosatning, shuningdek muhim ahamiyatga molik tavakkalchiliklarga hamda kapitalga doir hisobotlar tizimining mavjudligi; sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) uchun muhim ahamiyatga molik tavakkalchiliklarni boshqarishga va ularning samaradorligini baholashga doir siyosatning izchil amalga oshirilishi hamda unga rioya etilishi; ichki hujjatlarda belgilangan tavakkalchiliklarning va kapitalning cheklangan miqdorlariga rioya etilishi, sug'urtalovchi (qayta sug'urtalovchi) tavakkalchiliklarni boshqarish bo'yicha qo'llayotgan tartib-taomillar samaradorligi ustidan kuzatuv kengashi tomonidan nazoratni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.