Sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug'urtalovchiga hayotni sug'urta qilish sohasida yoki umumiy sug'urta sohasida yoxud faqat qayta sug'urta qilish bo'yicha sug'urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi.
Hayotni sug'urta qilish sohasida sug'urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug'urtalovchi umumiy sug'urta sohasida sug'urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, bundan umumiy sug'urta sohasining qonunchilikda belgilangan ayrim turlari (klasslari) mustasno. Umumiy sug'urta sohasida sug'urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug'urtalovchi hayotni sug'urta qilish sohasida sug'urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sug'urta bo'yicha sug'urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug'urtalovchi sug'urta shartnomalarini tuzishga haqli emas.
Litsenziyada sug'urtalovchi amalga oshirishni mo'ljallayotgan sug'urta turlari (klasslari) ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
42-modda. Sug'urta faoliyatini litsenziyalash
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sug'urtalovchi va sug'urta brokerlar o'z ishini faqat davlat organi bergan litsenziya bilan boshlashi mumkin. Litsenziya qaysi turdagi sug'urtani qilishga ruxsat berishini ko'rsatadi — masalan, faqat hayot sug'urtasi yoki faqat boshqa sug'urtalar. Bir vaqtning o'zida barcha turlarni qila olmaysiz.
**Kimga tegishli**
Bu qoida sug'urtalovchi kompaniyalar, qayta sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlariga tegishli.
**Amalda**
Kompaniya "Faqat avtomobil sug'urtasi" litsenziyasi bilan ishlaydi. U hayot sug'urtasi qila olmaydi. Agar hayot sug'urtasi qilmoqchi bo'lsa, yangi litsenziya olishi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.