Sug'urtalovchi sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan shaxsga faqat sug'urta hodisasi yuz bergan taqdirda sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lashi shart.
Sug'urtalovchi quyidagilarga haqli emas:
agar u sug'urta shartnomasida yoki qonunda ko'rsatib o'tilgan sug'urta hodisasi yuz berganligi to'g'risidagi dalillarni olgan bo'lsa, sug'urta shartnomasida belgilangan muddatda sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lashni rad etishga;
agar sug'urta hodisasining yuz berishi sug'urta qildiruvchining (sug'urtalangan shaxsning va (yoki) naf oluvchining) sug'urta hodisasi yuz berishiga qaratilgan qasddan qilgan harakatlari natijasida kelib chiqqan bo'lsa, sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lashga. Bunday holda sug'urtalovchi to'langan sug'urta mukofotini qaytarmaydi.
Taraflarning kelishuviga ko'ra, sug'urtalovchi zararlarni to'liq hisob-kitob qilguniga qadar sug'urta tovonining bir qismini taraflardan birortasi ham nizolashmaydigan miqdorda to'lashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
34-modda. Sug'urta tovonini (sug'urta to'lovini) to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.