Sug'urtalovchilar, sug'urta qildiruvchilar, sug'urtalangan shaxslar, naf oluvchilar va manfaatdor shaxslar sug'urta shartnomasining ishtirokchilari sifatida ish yuritishi mumkin.
Sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasini tuzuvchi va sug'urta mukofotini (sug'urta badallarini) to'lovchi yuridik shaxs yoki muomalaga layoqatli jismoniy shaxs sug'urta qildiruvchidir.
Sug'urta qildiruvchilar uchinchi shaxslarni (sug'urtalangan shaxslarni) sug'urta qilish to'g'risida faqat ularning roziligi mavjud bo'lgan taqdirdagina sug'urtalovchilar bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sug'urtada ishtirok etayotgan, mulkiy manfaatlari sug'urta himoyasining ob'yekti bo'lgan jismoniy shaxs sug'urtalangan shaxsdir.
Sug'urtalangan shaxs, agar o'ziga nisbatan sug'urta shartnomasini tuzsa va hisoblangan sug'urta mukofotini to'lasa, sug'urta qildiruvchi ham bo'lishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchi (sug'urtalangan shaxs) tomonidan sug'urta tovonini yoki sug'urta to'lovini oluvchi sifatida tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs naf oluvchidir.
Naf oluvchi sug'urta shartnomasi haqidagi axborotni sug'urta qildiruvchidan, sug'urtalangan shaxsdan yoki sug'urtalovchidan olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
32-modda. Sug'urta shartnomasi ishtirokchilari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sug'urta shartnomasi bir nechta kishilar ishtirokida tuziladi. Sug'urtalovchi — sug'urta puli oluvchi kompaniya. Sug'urta qildiruvchi — shartnoma tuzuvchi va to'lov qiluvchi odam yoki tashkilot. Sug'urtalangan shaxs — himoyalangan odam. Naf oluvchi — sug'urta puli olish huquqiga ega shaxs.
**Kimga tegishli**
Bu qoida sug'urta shartnomasida ishtirok etuvchi barcha tomonlarga tegishli.
**Amalda**
Otam mashinasini sug'urta qildi (u sug'urta qildiruvchi). Sug'urta kompaniyasi shartnomani qabul qildi (sug'urtalovchi). Agar avtomobil buzilsa, otam yoki uning ko'rsatgan odam sug'urta puli oladi (naf oluvchi).
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.