Assistans quyidagi huquqlarga ega:
assistans xizmatlari ko'rsatilishi bo'yicha sug'urtalovchilar bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
assistans xizmatlari ko'rsatilishi uchun zarur bo'lgan barcha axborot sug'urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari ko'rsatishni rad etish;
tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari ko'rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb qilish.
Assistans qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Assistans:
sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
sug'urta qildiruvchilardan (sug'urtalangan shaxslardan) sug'urta voqealari (sug'urta hodisalari) to'g'risidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sug'urta qildiruvchilarga (sug'urtalangan shaxslarga) sug'urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug'urta polisi asosida zarur yordam ko'rsatishi;
sug'urta hodisalarini ko'rib chiqish va tartibga solish choralarini ko'rishi;
qonunchilikda belgilangan axborotni vakolatli davlat organining talabiga ko'ra taqdim etishi shart.
Assistansning zimmasida qonunchilikka va o'zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
27-modda. Assistansning huquq va majburiyatlari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Assistans — sug'urta kompaniyasining yordamchi tashkiloti. U sug'urta qildiruvchilar bilan shartnoma tuzadi, sug'urta hodisalari haqida xabarlarni qabul qiladi va zarur yordam beradi. Assistans sug'urta qonunlarini bajarishi va maxfiylikni saqlashi kerak.
**Kimga tegishli**
Bu huquq va majburiyatlar sug'urta xizmatlari ko'rsatadigan assistans tashkilotlariga tegishli.
**Amalda**
Masalan, avtomobil sug'urta qildiruvchi dushanba kuni avtomobili buzilgan deb xabar beradi. Assistans 24 soat ichida xabarni qabul qiladi, kerakli ma'lumotlarni so'raydi va sug'urtalovchiga ehtiyoj bo'lsa, ta'mir xizmati ko'rsatuvchi ustani yuboradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.