«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

18-modda. Sug'urta agenti

(18-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Sug'urtalovchining nomidan va topshirig'iga binoan sug'urta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni vositachilik haqi evaziga amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs sug'urta agentidir. Sug'urta agenti bir vaqtning o'zida sug'urtalovchining boshqaruv va nazorat organlari a'zolari hamda rahbarlari, shuningdek xodimi sifatida ish yuritishi mumkin emas. Sug'urta agenti o'z faoliyatini sug'urtalovchilar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradi. Sug'urta agenti faqat o'zi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan sug'urtalovchining reyestriga kiritilganidan keyin o'z faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Quyidagilarga: sug'urta agentining tegishli turdagi sug'urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lmagan sug'urtalovchilar nomidan sug'urta shartnomalari tuzishiga; yuridik shaxs bo'lgan sug'urta agentlari sug'urta qildiruvchi sifatida ishtirok etadigan sug'urta shartnomalarida sug'urta agenti sifatida ish yuritishiga; sug'urta agentining qonunchilik bilan belgilangan vazifalarini boshqa har qanday fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshirishiga. agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi hududida sug'urta bo'yicha sug'urta agentining O'zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro'yxatga olinmagan chet el sug'urta tashkilotlari nomidan sug'urta shartnomalari tuzish bilan bog'liq bo'lgan vositachilik faoliyatiga yo'l qo'yilmaydi; Jismoniy shaxs bo'lgan sug'urta agenti o'z nomiga, yaqin qarindoshlari (ota-onasi, tug'ishgan va o'gay aka-uka va opa-singillari, eri, xotini, farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek erining, xotinining ota-onasi, tug'ishgan hamda o'gay aka-uka va opa-singillari) nomiga sug'urta shartnomalari bo'yicha hujjatlar yozishga, shuningdek o'z foydasiga sug'urta shartnomalari tuzishga hamda bunda mazkur sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta agenti sifatida ish yuritishga haqli emas. Insofsiz sug'urta agentlarining reyestri vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.