«Sudlar to'g'risida»gi qonun

90-modda. Sudlarni moliyalashtirish

(90-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 9 июндаги ЎРҚ-1067-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.06.2025 й., 03/25/1067/0498-сон)

Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish, ularning binolarini qo'riqlash va saqlab turish O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi hamda odil sudlovni to'liq va mustaqil ravishda amalga oshirish imkoniyatini ta'minlashi kerak. Ajratiladigan mablag'lar miqdori O'zbekiston Respublikasining har yilgi Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonun bilan tasdiqlanadi. Ajratilgan mablag'larni taqsimlash: Qoraqalpog'iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari va harbiy sudlar uchun — Departament tomonidan; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir sud alohida bino, qo'riqlash va avtotransport bilan ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.