«Sudlar to'g'risida»gi qonun

88-modda. Sud apparati

Sud apparati sudning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini ta'minlaydi. Sud apparati xodimlari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan o'tadi. Sud apparati xodimlariga mansab darajalarini belgilash va berish tartibi ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.