«Sudlar to'g'risida»gi qonun

66-modda. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmasligi

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Muayyan ishni har tomonlama, to'la va xolisona ko'rib chiqishga to'sqinlik qilish yoki g'ayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo'lmasin ta'sir ko'rsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Sudyadan ko'rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo'yicha biron-bir tushuntirishlar berishni talab qilish, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga bo'lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari o'z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan o'zicha hal qilib qo'yishga yoki sudga qanday shaklda bo'lmasin ta'sir ko'rsatishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.