«Sudlar to'g'risida»gi qonun

60-modda. Sudyaning qasamyodi

(60-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 9 июндаги ЎРҚ-1067-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.06.2025 й., 03/25/1067/0498-сон)

Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga bo'ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek beg'araz, xolis va adolatli bo'lishga tantanali qasamyod qilaman. Sudya O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i oldida, Qoraqalpog'iston Respublikasida esa Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat bayrog'i oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladi. Sudyalar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida qasamyod qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudlarining sudyalari tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi va Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi rayosati majlisida qasamyod qiladi. Ilk bor lavozimga saylangan yoki tayinlangan sudya o'z vakolatlarini amalga oshirishga qasamyod qilganidan keyin kirishadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.