«Sudlar to'g'risida»gi qonun

59-modda. Xalq maslahatchilari

O'ttiz besh yoshdan kichik bo'lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig'ilishida ochiq ovoz berish yo'li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi bo'lishi mumkin. Haqiqiy harbiy xizmatni o'tayotgan, saylov kunida o'ttiz besh yoshga to'lgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig'ilishlarida ochiq ovoz berish yo'li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sudning xalq maslahatchisi bo'lishi mumkin. Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hay'atlari tomonidan belgilanadi. Xalq maslahatchilari odil sudlovni amalga oshirishda sudyaning huquqlaridan foydalanadi. Xalq maslahatchilari sudlardagi o'z vazifalarini bajarishga bir yilda ko'pi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, bundan ularning ishtirokida boshlangan sud ishini ko'rishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi o'rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.