«Sudlar to'g'risida»gi qonun

56-modda. Tumanlararo ma'muriy sud raisi

(56-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 августдаги ЎРҚ-943-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/943/0616-сон)

Tumanlararo ma'muriy sud raisi: sud majlislarida raislik qiladi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to'g'risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi; sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi. Tumanlararo ma'muriy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Tumanlararo ma'muriy sud raisi yo'qligida uning vakolatlarini rais o'rinbosari bajaradi, u yo'qligida esa sud raisining vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.