«Sudlar to'g'risida»gi qonun

52-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisi

(52-модда биринчи қисмининг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 августдаги ЎРҚ-943-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/943/0616-сон)

Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisi: sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; sud rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; sud majlislarida raislik qiladi; quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko'maklashadi; sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini yuritish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etadi; sudyalar malaka hay'ati qarorlari, xulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay'atiga taqdimnomalar kiritadi; sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to'g'risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi; sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisi yo'qligida uning vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sudning rais o'rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.