Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudining rayosati shu sud sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi rayosatining majlislari zaruriyatga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o'tkaziladi va rayosat a'zolarining ko'pchiligi hozir bo'lgan taqdirda vakolatlidir.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan rayosat a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
49-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudining rayosati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.